
Superliga. "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvda!
Ertaga Superliganing 11-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Muxlislar ikki super qarama-qarshilik guvohi bo‘ladi.
Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi "Nasaf"ni mehmon qilsa, "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni qabul qiladi. Ikkala uchrashuv ham 20:00da start olishi rejalashtirilgan.
"Sherlar" va "lochinlar" o‘rtasidagi bellashuv uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Chiptalarni "iticket.uz" platformasi orqali onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkin. Biletlar 100-150 ming qilib belgilangan.
Fikrlar