
Superliga o‘tish o‘yinini boshqaradigan hakamlar ma’lum
Pro liga 2021 yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra 3-pog‘onani band etgan “Olimpik” jamoasi Superligada 12-o‘rinni egallagan “Mash’al”ga qarshi 2 dekabr kuni o‘tish o‘yinida maydonga tushadi.
PFL matbuot xizmati ushbu uchrashuvda ishlaydigan rasmiylar ro‘yxatini ma’lum qildi.
O‘tish o‘yini
2 dekabr, payshanba
OLIMPIK – MASh’AL
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Doniyor Saylalov, Akobirxo‘ja Shukurulloev
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sardor Qudratullaev.
Fikrlar