Superliga. "Neftchi" - "Metallurg" bahsi uchun chiptalar sotuvda!

  • 13 mart, 2024, 13:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 15 mart kuni Superliganing 3-tur doirasida  "Neftchi" jamoasi Farg‘ona shahridagi birinchi uchrashuvini Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Qiziqarli va shiddatli ruhda kechishi kutilayotgan mazkur bellashuvga chiptalar sotilmoqda.  Faqat stadionning maxsus kassalarida 20.000-30.000-40.000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi. 

2-turdan so‘ng farg‘onaliklar 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa (to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Qizilqum" oldinda),  "Metallurg" 2 ochko bilan 8-pog‘onani band qilib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Metallurg" bahsi 18:30da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!