Superliga. "Metallurg" - OKMK bahsi oldidan raqamlar!

  • 2 noyabr, 2024, 19:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliganing 23-turidan "Metallurg" va OKMK jamoalari to‘qnash keladi. Uchrashuv oldidan ikki jamoalar ishtirokidagi raqamlarga e’tibor qaratamiz.

Tecno

Toshkent viloyati derbisini muxlislar bugungacha 33 marta tomosha qilishgan: shularning 16 tasida bekobodliklar, 14 tasida olmaliqliklarning qo‘li baland kelgan. Faqatgina 3 ta o‘yinda tomonlar murosaga rozi bo‘lishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plir farqi  – 55:53, “Metallurg” foydasiga. 

Ushbu jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari tarixiga nazar tashlasak, unda maydon egalarining katta ustunligini ko‘rishimiz mumkin. 16 ta bahsning 12 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan, 2 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan, yana 2 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Bu safar OKMKga qarshi uy uchrashuvini “Metallurg” Olmaliq shahrida o‘tkazadi. 

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

16.04.2023.      Metallurg – OKMK – 2:0
04.03.2022.      Metallurg – OKMK – 1:0
21.10.2021.      Metallurg – OKMK – 0:1
12.09.2020.      Metallurg – OKMK – 1:0
27.07.2019.      Metallurg – OKMK – 2:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!