
Superliga. Mart oyining eng chiroyli goli aniqlandi (video)
Superligada 4 ta tur ortda qolib ulgurdi. O‘zPFL matbuot xizmati mart oyining eng chiroyli golini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, "Andijon" futbolchisi Sardor Abdunabievning "Nasaf" darvozasiga urgan goli mazkur nominatsiyada g‘olib, deb topildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu bahsda vodiyliklar 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar