Superliga. "Buxoro" - "Paxtakor" o‘yinida ishlagan ikki hakam nomuayyan muddatga chetlatildi!

  • 29 oktabr, 2023, 22:20
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 23-turi doirasidagi "Buxoro" - "Paxtakor" o‘yinida hakam penalti belgiladi. Ushbu qarordan so‘ng "Paxtakor" gol urdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Biroq 11 metrlik jarima zarbasi ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi va O‘zFHM bu bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. 

"Biroz avval o‘z nihoyasiga etgan Superliga 23-turi doirasidagi "Buxoro" – "Paxtakor" bahsining 90+5-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatdan so‘ng uchrashuv VAR hakamlari bosh hakam Ravshan Abduvohidovni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Shundan so‘ng bosh hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda video assistentlar bosh hakamni VAR protokoliga ko‘ra noto‘g‘ri chaqirdi. Aslida bunday vaziyatga VAR aralashishi kerak emasdi. Bundan tashqari, videotakrorlarda qoidabuzarlikni aniq qayd etish uchun etarli dalillar bo‘lmagani bois, ekspertlar bir ovozdan penaltining ham noto‘g‘ri belgilanganini qayd etishdi.

Natijada, bosh hakam Ravshan Abduvohidov va VAR hakami Nayim Qosimovning VAR litsenziyalari qaytarib olindi. Ularning ishi O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiyasiga oshirildi. Shuningdek, ikkala hakam ham nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uzbek ligion
29/10/2023 22:28
Var xakami chaqirib tugri qildi. Bosh xakam xal qilishi kerak.bechora xakamda ayb yuq.bersa bunisi uradi,bermasa bunisi. Tizim chirigan. Xalqni yosh boladay aldamanlar,odamlar xam axmoq emas
&
Камбарали дехконов
30/10/2023 19:22
Бизга яний янги узбекистонга вар керак эмас чунки камерлар оз агар дарвоза ортида хам камера булганда аник куринар эди.Агар 6 ракамли футболчини виждони булса уйиндан кегин хакикатни айтиш керак эди шунда хакам нохак айибдор булмас эди.эх эхсперт хакамлар......
&
хушнудбек
30/10/2023 10:06
Хаманг Бир гурсан сенлар пойтахт камандаларидан бошка камандлар сенлар учун биртин биркун тешиб чикади болангдан куштирнок ичдаги рахбар хурам хурлар куйиб Бер уйнасин судяларга ослшасан бу селарни бахонанг холос судяга тукаш айбди четга чикса хам судямизни олиб кетайлик булмасам хорамга айлатиршдинг фудболни хам Пахтакор агемкага ён босшиб бу туришда билмадим
Темиров Набижон
30/10/2023 08:29
Бу тварюгаларни билмадим нима қилиш керак, ёки буква Г қилиш керакми,шундай зўр миллионлар ўйинини харом қилишяпти.....................................................,
Ilhomjon Feyz
30/10/2023 05:07
3 кунга четлатилган менимча
&
Адхамжон Низомов
30/10/2023 02:37
Хеч нарса узгармайди.харомхурлар.3 очко олиб ташласа экан .хе-уша сенларни....
&
Бахромжон Турсунов
29/10/2023 23:12
Вай чатоқ бўптику. Шунда Пахтакордан очко олиб ташлмнадими. Бефойда қарор.
&
Leoooo
29/10/2023 22:35
УХШАТИБ КУЗ БУЯМАЧИЛИК КИЛИБ КУЙИШИБ ЧЕТЛАТИБ КУЙИБТИДА ЕМОХОРЛАР СЕНЛАРГА ХАЛК ЛОХДА