Superliga. "Buxoro" - "Dinamo" bahsida kuchlar teng keldi

  • 17 may, 19:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bellashuvi yakuniga etdi.

Tecno

"JAR" stadionida kechgan mazkur bahsda jamoalar durangga imzo chekdi - 2:2.

Dastlab, 34-daqiqada Anvarjon Hojimirzaev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov uzoq masofadan to‘pni darvozaaga joylab qo‘ydi va kuchlarni tenglashtirdi. Frane Ikichning 74-daqiqadagi goli "Buxoro"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 87-daqiqada Xislat Halilovning oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!