
Superliga. "Bunyodkor" Zominda "So‘g‘diyona"dan ustun keldi
Superliganig ilk turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin mehmonlarning kichik 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Yagona gol Umid Sultonov nomiga qayd etildi. U 72-daqiqada Mitrovich darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, vaqtinchalik turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar