Superliga. Bugun Andijon va Jizzaxda o‘yinlar bor

  • 1 aprel, 2021, 00:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng, bugundan Superliga o‘yinlari boshlanadi.

Tecno

Taqvimga ko‘ra, 1 aprel sanasida 2 ta o‘yin o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, “Andijon” o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qilsa, “Surxon” Jizzaxda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ladi.

Ortda qolgan 3 turdan so‘ng, "Andijon"  va "Mash’al" 3 tadan ochko to‘plab, mos ravishda 10 va 11-o‘rinlarda, "So‘g‘diyona" 7 ochko bilan 2-qatorda, 4 ochkosi bor "Surxon" 8-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijondagi o‘yin soat 16:15 da, Jizzaxdagi bellashuv esa 18:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!