Superliga birinchi kundanoq ishtirokchi klublarga foyda keltira boshladi

  • 20 aprel, 2021, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning top klublari o‘ynaydigan Superliga tashkil etilgani to‘g‘risidagi axborot qimmatli qog‘ozlar bozorini e’tiborsiz qoldirmadi.

Tecno

London Evening Standard nashri tarqatgan xabarga qaraganda, fond birjasidagi treyderlarning ushbu musobaqaga munosabati ijobiy bo‘ldi. Masalan, turnir tashkilotchilaridan hisoblangan “Manchester Yunayted” va “Yuventus” aktsiyalari narxlarida o‘sish kuzatildi.

"Keksa sinora" ning aktsiyalari 18 foizga (216 million dollar) o‘sdi va ingliz grandining aktsiyalari 11 foizga (289 million) yuqori narxda sotildi va sotib olindi.

Yangi tashkil etilgan Superligada Evropaning 20 ta grand klubi ishtirok etadi. Musobaqa joriy yilning avgustida start olishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!