Superliga. 3-turdan so‘ng to‘purarlar bilan tanishing!

  • 17 mart, 2024, 21:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Lochinlar" safida Tabatadze dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar"ning gollariga Mirahmadov ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Bunyodkor" Superliga joriy mavsumidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Navbahor" ketma-ket ikkinchi uchrashuv ochko yo‘qotmoqda. 

Tecno

Ushbu bahs bilan parallel ravishda OKMK - "Dinamo" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda olmaliqliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Qosimov shogirdlari safida Shkrbich, Rahmonov hamda Abdurazzoqov gol urgan bo‘lsa, samarqandliklarning yagona goli Kojo tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa, Superliga 3-turi yakunlandi. "Lochinlar" hujumchisi Toma Tabatadze 5 ta gol bilan to‘purarlar jadvalini boshqarib bormoqda. 

Sardor Rahmonov, Damyan Kraishnik, Dragan Cheran, Dilshod Komilov, Efiong, George Kuhinadze, Mirjahon Mirahmadov, Akaki Shulaya va Joel Kojolar ikkitadan to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!