
Superklub to‘rt futbolchini kuzatib qo‘ydi
Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Inter” to‘rt nafar futbolchi bilan xayrlashganini e’lon qildi.
Milanliklar safini hujumchi Aleksis Sanches, yarim himoyachilar Xuan Kuadrado, Davi Klassen hamda Stefano Sensi tark etdi. Ularning bari klub bilan shartnomasi tugagani bois erkin agent maqomini oldi.
35 yoshli Aleksis Sanches “Inter”da 2019 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. Mashhur hujumchi bu vaqt mobaynida 142 ta uchrashuvda 24 ta gol va 28 ta assist muallifi bo‘ldi.
36 yoshli Kuadrado, 31 yoshli Klassen va 28 yoshli Sensi “Inter” tarkibida atigi bir yil harakat qildi xolos. Biroq ularning hammasi jamoani Italiya chempioni sifatida tark etdi.
Fikrlar