Superklub Keyndan yuz o‘girdi

  • 3 iyul, 2023, 18:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” anchadan beri ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirayotgan edi. Erik ten Xag o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan forvardlar ro‘yxatini Harri Keyn boshqarib turgandi.

Tecno

Manchesterliklar hujumchini so‘rab, “Tottenxem”ga murojaat qildi. Bu klub xo‘jayini Daniel Levi bir yillik shartnomasi bor futbolchini 116 million evroga baholadi.

Goal nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” vakillari Harri Keynni olish fikridan to‘liq voz kechdi.

Ayni paytda 29 yoshli hujumchiga asosiy da’vogar sifatida “Bavariya” tilga olinmoqda. Myunxenliklar bir necha marotaba rad javobini olganidan keyin transfer taklifini 93 million evrogacha ko‘tardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!