Superklub 80 million evroga olgan futbolchini 5 millionga sotib yubordi

  • 2 iyul, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining etakchi klublaridan hisoblangan “Arsenal” chempionatdagi asosiy raqobatchilaridan “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga transferini e’lon qildi.

Tecno

- Kepa Arrisabalaga endi “kanonir”. Bu erga saviyani ko‘targani keldi, - deb yozdi “Arsenal” klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida.

Ma’lumotlarga qaraganda, “to‘pchilar” 30 yoshli golkiper uchun “Chelsi”ga besh million evrodan ziyodroq pbadal puli to‘lagan.

Ispaniyalik darvozabon “Atletik Bilbao” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Chelsi” 2018 yilda 20 million evroga baholangan bu futbolchini olish uchun rekord summa – 80 million evro to‘lagan.

Bir lahzada dunyoning eng qimmatbaho golkiperiga aylangan Kepaning yulduzli onlari juda erta so‘ndi. Tez orada “Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan Kepa oxirgi ikki yilni “Real” va “Bornmut”da ijarada o‘tkazdi.

Endi Arrisabalaga “Arsenal”da asosiy tarkibga kirish uchun kurashib, o‘zining nimalarga qodirligini yana bir karra isbotlashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!