
Supergol urgan legionerimiz Son, Taremi kabi yulduzlar bilan so‘rovnomada ishtirok etmoqda
Yaxshi bilasiz, OFK rasmiy sayti muntazam ravishda haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlab keladi.
Biz uchun muhimi, o‘zbek legionerlari ham mazkur jarayonda tez-tez ko‘rinish berib turadi. So‘nggi bor Eldor Shomurodov hamda Shahboz Umarov ishtirok etgan ushbu so‘rovnomada bu safar Shahzod Ubaydullaev g‘oliblik uchun kurashmoqda. Legionerimiz ichki birinchilikning 24-turidan o‘rin olgan "Vitebsk" bilan o‘yinda supergol muallifiga aylangandi.
"Shahzod Ubaydullaev ("Energetik-BGU", O‘zbekiston)
"Vitebsk" bilan o‘yinda 90 daqiqa, 1 gol, darvozaga 7 ta zarba, 2 ta uzatma.
So‘nggi yillarda Belarus chempionati Markaziy osiyolik futbolchilar uchun sevimli joylardan biriga aylandi. Bu hafta Belarus o‘zbekistonlik futbolchi Shahzod Ubaydullaevdan unutilmas akrobatik zarba qabul qilib oldi",-deya izoh qoldirdi qit’a miqyosidagi birinchi manba.
Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin:
Fikrlar