
Super to‘qnashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi
Niderlandiya hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, birinchi bo‘lim so‘nggida Myuller nemislarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 68-daqiqa o‘tayotgan bir paytda "uchar gollandlar" Bergveynning goli evaziga muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
Fikrlar