
Sulsherga “Barsa” futbolchisi kerak
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan himoyachi Samyuel Umtitining transferini amalga oshirish haqida bosh qotirmoqda.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman frantsiyalik himoyachini o‘ynatmasligini bildirgan, Sulsher esa o‘z shogirdlari – Viktor Lindelyof va Harri Maguayr tandemi o‘yinidan qoniqmayapti.
Hozircha, Umtitiga “Manchester Yunayted”dan boshqa jiddiy da’vogar yo‘q. “Arsenal” o‘z safiga Gabrielni qo‘shib olganidan keyin frantsiyalik himoyachi uchun kurashdan chiqdi.
Fikrlar