Sulsher: Pogba raqibga penalti sovg‘a qildi

  • 2 noyabr, 2020, 01:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Arsenal" uchrashuvi taqdirini Obameyang tomonidan penaltidan kiritilgan birgina penalti hal qilib qo‘ydi. Hakamlar tomonidan belgilangan penaltiga mankuniyanlar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

"Pogba oyog‘ini olib qolishi lozim edi. Uning o‘zi ham raqibga penalti sovg‘a qilganini tushunib turibdi. Shuningdek, bu vaziyat Matich bilan bog‘liq holatga ham o‘xshab ketadi. O‘sha joyda ham penaltiga yaqin vaziyat sodir bo‘lgandi. 

Men ishlashda davom etaman. Bu yaxshi jamoa, g‘alabalarga chanqoq va doim oldinga harakat qilishni xohlaydi. Bugun ular uylariga yomon kayfiyatda ketadi, ammo umid qilamanki, bu ularning o‘ziga kelib olishiga xizmat qiladi", - dedi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!