
Sulsher hatto Aleks Fergyuson uddalay olmagan natijani qayd etdi
"Manchester Yunayted" kecha Angliya liga kubogining 1/16 final bosqichida "Luton Taun" ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, bu “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher uchun MYudagi yubiley 50-g‘alaba bo‘ldi. Ushbu natijaga erishish uchun norvegiyalik mutaxassisga bor yo‘g‘i 92 ta o‘yin kifoya qildi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” tarixida 50 ta g‘alabani Sulsherdan tezroq qo‘lga kiritgan faqatgina ikki nafar murabbiy bor xolos. Bular Ernest Mangnal (78 ta o‘yin) va Joze Mourino (81 ta o‘yin).
Ta’kidlash kerakki, MYuning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyuson ham bunday natija qayd eta olmagan.
Fikrlar