Sulsher Fergyuson davridagi natijalarni qayd etmoqda

  • 17 iyul, 2020, 14:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" APL 36-turi doirasida "Kristal Pelas" bilan bahsda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ule-Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoa barcha turnirlarda ketma-ket 19 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti (14 g‘alaba va 5 durang).

Bu "Yunayted" uchun 2010 yildan buyon qayd etilgan eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya bo‘ldi. O‘sha vaqtda ser Aleks Fergyuson qo‘li ostida jamoa 29 ta uchrashuvda raqiblariga imkoniyatni boy bermagan.

MYu yakshanba kuni Angliya Kubogi yarim finali doirasida "Chelsi" bilan bahs olib boradi.

Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati 36-turidan so‘ng 62 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!