
Suares terma jamoa o‘yinlarida ishtirok etmaydi
"Barselona" hujumchisi Luis Suares Urugvay terma jamoasining oldinda turgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmaydi.
32 yoshli futbolchi klubning tibbii xizmatlari va terma jamoaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra kataloniyaliklar safida qoladi va yakkalik tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan birga davolanadi.
Eslatib o‘tamiz, 12 va 15 oktyabr kunlari Urugvay termasi Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.
Fikrlar