
Stoymirovich - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!
Oldin xabar berganimizdek, serbiyalik mutaxassis Aleksandr Stoymirovich OKMK klubi bilan xayrlashgandi va unga Toshkentning “Lokomotiv” klubidan jiddiy taklif tushgandi.
Sports.uz jurnalistiga ma’lum bo‘lishicha, yakunda har ikki tomonning muzokaralari ijobiy hal bo‘ldi va Stoymirovich “Lokomotiv” bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Shunday qilib, yurtimizda “Neftchi”, “Navbahor” va OKMK klublarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlab kelgan Stoymirovich endi “Lokomotiv”da bosh murabbiy rolida ish olib boradi.
Fikrlar