Stounz Angliya terma jamoasining JCh–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi Latviyani 5:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati–2026 yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘yindan so‘ng jamoa himoyachisi Jon Stounz natija va jamoa muhitini yuqori baholadi.
"Biz haqiqatdan ham nimanidir alohida narsa quryapmiz va bu davom etishi kerak. Tuxel bizdan jipslashishni, ishonch, kurashchanlik va oldinga intilishni talab qilmoqda. Bizdan yuqori pressing va hujumkor o‘yinni xohlayapti. Bu klubda o‘rgangan uslubimizdan ko‘p farq qilmaydi.
Tuxel va uning shtabi juda qisqa vaqt ichida barcha tizimni yo‘lga qo‘ydi. Shu jamoaning bir qismi bo‘lish — bu ajoyib his", — deya ta’rif berib o‘tdi "Manchester Siti" himoyachisi.



Fikrlar