
Starrijdan bo‘shagan 15-raqamni Oksleyd-Chemberlen oldi
“Liverpul” klubi yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen o‘zining jamoadagi raqamini o‘zgartirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra u Deniel Starrijdan bo‘shagan 15-raqamni oldi. Ta’kidlash kerakki, Oksleyd-Chemberlen bundan avval “Arsenal”da ham aynan 15-raqam ostida to‘p surib kelgan edi.
25 yoshli angliyalik futbolchi “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgandan buyon 21-raqamda o‘ynab kelayotgandi.
E’tiborlisi, Oksleyd-Chemberlen uning 21-raqamli futbolkalarini sotib olgan muxlislarga uni yangisiga almashtirib berishga va’da berdi. Endi eski raqamli futbolkalarni sotib olgan ishqibozlar uni 8 iyundan 28 iyunga qadar yangisiga almashtirish imkoniyatiga egalar.
Fikrlar