
Srechko Katanets: "Shogirdlarimga rahmat aytaman. Chunki..."
Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Shri-Lanka uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng Srechko Katanets hamda Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi. Marhamat, terma jamoamiz ustozining o‘yindan keyingi fikrlari bilan tanishing.
- Avvalo shogirdlarimga rahmat aytaman. Chunki bugun ular o‘z jarima maydonchasi ichida himoyalangan jamoaga qarshi gol urish uchun maksimal darajada imkoniyat qidirishdi. Har xil uslubda hujumlar tashkil etib, raqib himoyasini yorib kirishga harakat qilishdi. Uchrashuvdagi qiyin vaziyatlarda standartlar orqali maqsadiga etishishdi.
- Faqat himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash har doim qiyin hisoblanadi. Men hamisha o‘yinning oxiriga qadar xotirjamlikka berilib bo‘lmasligini ta’kidlab kelaman. Oldimizda yana 2 ta muhim uchrashuvlar bor. Ularga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, natijamizni yaxshilab borishga harakat qilamiz.
Fikrlar