SPORTS.uz talqini bo‘yicha Superliga 20-tur ramziy terma jamoasi

  • 25 oktabr, 2020, 14:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvozabon: Sardor Qobuljonov (“Buxoro”)

Tecno

Buxoroliklar darvozaboni o‘tgan turda “Nasaf”ga qarshi bellashuvda ham o‘yin qahramoniga aylangandi. PFL rasmiy “Telegram” sahifasi uni “Man of the match” deb e’lon qildi. Ketma-ket 2 turda ushbu unvonga loyiq ko‘rilgan darvozabonga ramziy terma jamoamiz postini ishonib topshirsak bo‘ladi. 

photo_2020-10-23_17-54-13

Chap qanot himoyachisi: Ibrohim-Halil Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”)

Tezlik va ishonch bilan oldinga tashlanar ekansan, omad ham sen tarafda bo‘ladi. “Andijon” darvozasi tomon reyd va kiritilgan golni mana shunday ta’riflash o‘rinliroq bo‘lardi. Chap qanot himoyasida kuchli o‘yin namoyish etib kelayotgan Yo‘ldoshev allaqachon umidli futbolchi sifatida terma jamoa yig‘inlariga jalb qilinmoqda. “Burgutlar”ga qarshi o‘yindagi kabi harakatlari bunga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

IMG_5960

Markaziy himoyachi: Mirjalol Jumaev (“Buxoro”)

Jamshid Saidov ancha yaxshi holatdagi himoyaviy jamoani tashkil qila oldi. Ammo bu o‘yin uslubi unga faqat duranglar olib kelmoqda. Himoya epaqaga keldi, endi qarshi hujum uyushtiruvchi futbolchilarni tayyorlash kerak. 

“Metallurg” Superliganing katta jamoasi. Jumaev esa o‘sha kuni bekobodliklar hujumlarini bartaraf etishda asosiy figura bo‘ldi. 

29.08.2020 Bukhara 2-2 AGMK (42)

O‘ng qanot himoyachisi: Dilshod Saitov (“Nasaf”)

“Nasaf”ning o‘yini chiqqanda nafaqat ularning o‘zi, balki biz muxlislar ham futboldan zavqlana boshlaymiz. “Ajdarlar”da doim yaxshi futbol mentaliteti bo‘lgan. Ammo ijrochilar tez-tez boy berib turiladi. Ushbu tarkibni saqlab qola olgan taqdirda, “Nasaf” kelgusi yil xalqaro maydonda ham ancha yaxshi ishtirok etishi mumkin. 

Dilshod Saitovning o‘ng qanotdagi faollligi evaziga “Nasaf”ning ikkinchi goli kiritildi. Turning markaziy bellashuvida qarshiliklar qanot himoyachisi Grigalashvilini tom ma’noda yopib qo‘ya oldi. 

24.08.2020 Nasaf 2-2 Bunyodkor (40)

Tayanch yarim himoyachisi: Marko Stanoevich (“Nasaf”)

Superligamizni mana shunaqa gollar bezaydi, Superligamizni Stanoevichning zarbalari bezaydi. “Nasaf” futbolchisining olis masofadan bergan kuchli zarbalari o‘sha kuni AGMK futbolchilarini karaxt holatga tushirib qo‘ydi. 

Legioner futbolchining jarima zarbasidan tepgan to‘pi kuchini tennisdagi uskuna orqali tekshirib chiqish kerak.

photo_2020-10-21_19-02-55

Markaziy yarim himoyachi: Jamshid Boltaboev (“So‘g‘diyona”)

“So‘g‘diyona” yarim himoyachisi haqida ham yuqorida Stanoevichga ishlatgan iboralarimizni ishlata olamiz. U o‘yin mobaynida “Navbahor” darvozasini bir qator “pushka”lar bilan nishonga olib turdi. Shunday zarbalardan biri darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. 

Norxonov bilan ajoyib tandem bo‘layotgan Boltaboevning “So‘g‘diyona” g‘alabalaridagi o‘rni katta. 

7

Markaziy yarim himoyachi: Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”)

To‘xtasinovning shedevr o‘yinlari va chiroyli gollari bilan yakunlangan turlarda uni ramziy terma jamoamizga kiritib turardik. Bu gal uning gollari va chiroyli zarbalari uchun emas, kalit uzatmalari hamda o‘yinni ko‘ra olish qobiliyatini ajoyib tarzda namoyish eta olgani uchun e’tirof etishga qaror qildik. “Andijon” posboni tomonidan o‘z darvozasiga kiritib qo‘yilgan to‘pga ham zarbani aynan To‘xtasinov bergandi. 

56

Chap qanot vingeri: Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)

Toshkentliklarning chempionlik masalasi tobora oydinlashib bormoqda. G‘alabalar juda osonlik bilan qo‘lga kiritilmoqda. Masharipov ham tez orada legionerga aylanishi kutilyapti. Buni hatto o‘zi ham sabrsizlik bilan kutayotgandek. Superliganing eng yaxshi assistentlaridan biri shu kuni gol urishdan tashqari, jamoadoshlarining gollariga ham ko‘maklashdi. 

eron_training_SPORTSUZ_8

O‘ng qanot vingeri: Muhammadanas Hasanov (“Qo‘qon-1912”)

Qo‘qonliklar g‘alabasi yana 2:1 hisobida qo‘lga kiritildi. Muhammadanas Hasanov esa shu kuni eng faol futbolchi bo‘ldi. PFL rasmiy “Telegram” sahifasi ham uni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. 

Maydon bo‘ylab erkin harakat qila oladigan futbolchini o‘ng qanot vingeri pozitsiyasiga joylashtirdik. Chunki, u asosiy faollik va tezlikni mana shu qanotda namoyish etadi. 

photo_2020-10-22_17-19-10

Markaziy hujumchi: Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”)

“So‘g‘diyona”ning “Navbahor”ga qarshi o‘yinini ancha printsipial bahslar sirasiga kiritsak bo‘ladi. Superliganing o‘z so‘ziga ega jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bizga katta intrigali futbol taqdim etdi. Mana shu o‘yinning g‘alaba goli muallifini esa ramziy terma jamoamizga kiritmasak bo‘lmasdi. 

19

Markaziy hujumchi: Igor Sergeev (“Paxtakor”)

6 ta gol kiritgan jamoa hujumidan 1 tagina vakil kam, deb hisobladik. Ushbu pozitsiyaga “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi gol muallifi Temurxo‘ja Abduxoliqovni emas, ikkinchi taymdagina o‘ynagan futbolchini kiritayotganimizning sababi balki shudir. Ammo Sergeev o‘sha 45 daqiqani haqiqiy hujumchilarga xos tarzda o‘tkazdi. Golni ham yuqori mahorat bilan kiritdi. 

21.08.2020 Pakhtakor 4-1 Nasaf (26)

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!