
SPORTS.uz ijodiy jamoasi "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvini yoritish uchun vodiyga yo‘l oldi
Xabaringiz bor bugun Superliganing 5-turi doirasida “Andijon” o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, “burgutlar” ushbu uchrashuvni qayta rekonstruktsiyadan chiqarilgan “Sog‘lom avlod” stadionida o‘tkazishadi.
SPORTS.uz ijodiy jamoasi ham ushbu o‘yinni keng ommaga yanada yaqinoroq yoritishni maqsad qilgan. Saytimizning 2 nafar muxbiri – Azamat Umarov hamda Shahzod Holboev hozirgina Toshkent shahridan safarga chiqishdi.
“Sog‘lom avlod” o‘yingohida bo‘ladigan uchrashuvni biz bilan birga kuzating!
Fikrlar