
Sportni rivojlantirish vazirligida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligida shu yilning birinchi yarmida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda oldinda turgan muhim vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o‘rinbosari Shaxrullo Maxmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, vazirlik mas’ullari hamda Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlari, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarning vakillari, shuningdek ZOOM platformasi orqali hududiy bosh boshqarmalarning rahbarlari va hududiy sportivnaya federatsiyalari masullari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda 2022 yilning ikkinchi yarmida kutib turgan sport tadbirlarga puxta hozirlik ko‘rish, asosiysi, to‘rt yillikning eng yirik musobaqasi – yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlanish va unda munosib ishtirok etishga hozirdan jiddiy e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlandi. Bu borada vazirlik, Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari tomonidan sportchilar va terma jamoalarga barcha sharoitlar yaratib berilishi alohida ta’kidlandi
Fikrlar