
"Sporting" rahbari: "Dyokereshni sotmaslik biz uchun muammo emas"
"Sporting" prezidenti Viktor Dyokereshning jamoani tark etib, "Arsenal"ga transferi haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi:
"Hech kim klubdan ustun emas. Agar "Arsenal" Dyokeresh uchun biz talab qilgan miqdorda pul taklif qilmasa, biz bu transferdan voz kechamiz.
Jamoa uchun Dyokereshni sotmaslik muammo emas. Agar transfer bo‘lmasa, futbolchi hozirgi shartnomasi asosida yana 3 yil klubda o‘ynaydi va bu holat klubni qoniqtiradi. Biz pul uchun shoshmaymiz, Viktor biz bilan qolsa ham, bu biz uchun foydali. Shuning uchun past narxda sotishga majbur emasmiz" - deya ko‘plab savollarga javob berdi.
Ma’lumot o‘rnida, bir necha kun avval 27 yoshli hujumchi klubning mavsumoldi mashg‘ulotlariga o‘zining xohishi sabab, ishtirok etmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar