
Sportchilik faoliyatini yakunlagan Oksana Chusovitina Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sportchilar komissiyasiga saylandi!
Bir necha kun oldin Tokio Olimpiadasidagi chiqishi orqali sportchilik faoliyatini yakunlagan Oksana Chusovitina yaxshi yangilikni e’lon qildi.
O‘z "Instagram" sahifasida ma’lum qilishicha, o‘zbek sporti afsonasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sportchilar komissiyasiga saylandi. "Hayotimning yangi bosqichiga o‘tish. XOQ sportchilar komissiyasiga saylandim",-deya yozib qoldirdi 46 yoshli sportchi.
Ma’lumot uchun, Chusovitina 8 ta Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi hisoblanadi.
Fikrlar