“Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev futboldagi mavjud qoidadan norozi, uni bekor qilish tarafdori

  • 6 may, 2020, 16:35
  • Bekzod Isayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatilmoqda. Birin-ketin virusdan forig‘ bo‘lgan viloyatlarda hayot avvalgidek bo‘la boshlayapti. Bu esa futbol bahslari ham ozgina vaqtdan so‘ng boshlanib qolishini anglatadi.

Tecno

Ayrim davlatlar ligalarni to‘xtagan holatida tugatmoqda, ba’zilar mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi vahokazo. Xo‘sh bizdachi? Bizda bu jarayon qanday kechadi? Endigina boshlangan Superliga ma’lum vaqt muxlislarsiz o‘tishi aytildi xolos.

Qolgani taxminan qanday bo‘lishini bilish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik. Dastlab “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev savollarimizga javob berdi.

IMG_8933

- Karantindan keyin o‘zbek va xorij futbolini qanday tasavvur qilasiz? O‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?

- Karantin barcha mamlakatlarda turli xil vaqtda tugaydi. Kimdir oldin, kimdir keyin. Shuning uchun chempionatlar turli xil vaqtlarda boshlanadi. Katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. To‘g‘ri, boshida musobaqalar muxlislarsiz davom etadi. Baribir ligalarni yakunlab qo‘yishsa kerak. Chempionatlar kuz-bahordan, bahor-kuz tizimiga o‘tishi mumkin.

Frantsiyada PSJ chempion deyilgani bilan hali ruxsat berilmadi. Agar chempionlikni berish kerak bo‘lsa, yaqin ta’qibchilaridan ancha ilgarilab ketgan “Liverpul”ga berilishi lozim edi.

O‘ylaymanki, iyun – iyul oylarida karantin tugaydi. Futbol yil oxirigacha muxlislarsiz o‘tkaziladi. Keyingi yildan stadionlarga tomoshabinlar qaytadi, chunki u paytgacha virusga qarshi vaktsinalar topiladi. Bir paytlar ham shunday holat kuzatilgan, futbol to‘xtagan. Eramizdan avval ham bunday vaziyatlar bo‘lgan. Vaqt o‘tib, hammasi esdan chiqadi.

- Superligani endi qanday o‘tkazishni taklif qilasiz?

- Xuddi shunaqa, ozgina kutish va muxlislarsiz davom ettirish kerak. Iyundami yoki iyuldami, buni mutaxassislar ko‘rib chiqadi. Reglamentni o‘zgartirmasdan vaqtini surish kerak. Ya’ni chempionatning tugashi dekabrdami, yanvar yoki fevraldami farqi yo‘q.

- Evropada futbol chempionatlarining davom etishi ko‘proq pulga bog‘liqmi yoki chempionni aniqlashga?

- Baribir chempionni aniqlash darkor. Chunki ligalar pul bilan obro‘sini yo‘qotmasa kerak. Shu bois kimdir shu erdan tugatib, chempionni aniqlaydi, ayrimlar esa yakunlab, g‘olibni e’lon qiladi. Shunda hammasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin va katta mish-mishlarning oldi olinadi.

3431581192211

- Chempionatlarda chempionni kay tarzda aniklash kerak deb xisoblaysiz?

- Endi hamma turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Avvallari ko‘rdik, 2, 3, 4 davrali chempionatni, xatto jamoalarning soni qisqartirilib, reglament o‘zgartirildi. Bu erda hech narsani o‘zgartirish kerak emas. Shaxsan men shunday fikrdaman. Misol uchun, APL va La Liga mavsumni doimgidek yakunlamoqchi.

Gap ligalarda qanday qilib chempionni aniqlash emas, o‘sha mamlakat futbol tizimini yaxshilashda. Ya’ni kuchli jamoalar sonini ko‘paytirishda. Har bir klub bir-biri bilan mehmonda va mezbonda o‘ynab chiqishi lozim. Muxlislar shunga o‘rgangan.

Men faqatgina qonun-qoidalarni o‘zgartirgan bo‘lardim. Masalan, EChLda 0:0, 1:1 hisoblari qayd etilsa, mehmonda gol urgan jamoaga g‘alaba yozishadi. Bu noto‘g‘ri! Yoki 2:1, 2:3 natijalarida safarda ko‘p gol urgan jamoa yutadi. Nima keragi bor bu narsalani? Boshida hayron qolganman. Eng qizig‘i, ikkita o‘yin ham 0:0 bilan tugayapti va qo‘shimta taymda 1:1 qayd etilsa, mehmonda darvozani ishg‘ol etgan jamoa keyingi bosqichga o‘tmoqda. Bu erda ikki klubning kuchi tengku. Unda uchinchi o‘yinni neytral maydonda o‘ynasin. Shu qoidaga qarshimas va buni yo‘q qilish tarafdoriman. Birinchi uchrashuv 0:0, javob bahsi 1:1 bo‘lsa penalti teptirish kerak. Nima qilibdi, mehmonda bitta gol ursa?! Nariga jamoa ham darvozani ishg‘ol qildiku!

Bu futbol. “Paxtakor” o‘z vaqtida “Dinamo K”ni 5:0, “Spartak”ni 3:0ga yutgan. Shu bilan “Paxtakor” kuchli bo‘lib qoldimi? Mehmonda yutqizgan. Faqat mana shu holatni o‘zgartirish darkor. Qolgani o‘zgarishsiz qolgani ma’qul.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgo'y
06/05/2020 17:20
Xacaxaxa paxtakorri tiqdiha oraga nomard xozir uynasinchi spartakmi dinamo kiev bn uyidami safardami yorip tashedi paxtakorini xakamlani erkatoyiku pfl xakamla ijtimoiy tarmoqla sharhlovchi jamol boboev bobir xammang bir gor ekansanla
BOBUR SADIKOV
09/05/2020 14:04
San ozi kimsan na nomin bor erkemisan ayolmisan kimdan boganin nomalum giybatchisan unaqa bomaganinda isming rasming bolardi ichi qora xich qachon oqarmidigan ĝalamissan
&
Rostgo'y
09/05/2020 17:24
Raxmat
&
Rostgo'y
09/05/2020 17:25
Sokardimu ogzim bek man otamdan bugaman ismim bekzod atak san kimdan bugasan sani uzinam fikrinam savolinam man uchun kapeyka so bugin
BOBUR SADIKOV
09/05/2020 18:44
Gap sozindan saviyenam korinip turipdi
Murod Panjiev
10/05/2020 01:13
Спартак Москва динамо Киев пахтакор ёриб ташлайдику нималар дейяпсилар фил билан сичқони тенглаштирманглар пахтакор 4 гол еб жавоб хам қайтаролмадику спартак,яхшиям зенит билан ўйнамади...сал ўйлаб ёзинглар
&
Rostgo'y
27/06/2020 12:09
Ey itti bolasi manikiga osilma
Murod Panjiev
10/05/2020 01:17
Мурод Ризаев зўр шархловчи омадини берсин акани биз Сурхандарёликлар хурмат қиламиз у кишини