Sport kurashlari. Ulug‘bek Rashidov — ikki karra Osiyo chempioni!

CHERY AUTO

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida U17 yosh toifasidagi bahslar o‘z yakuniga etdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, shu kuni terma jamoamiz hisobiga 1 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘shib qo‘yildi.

Tecno

Jumladan, mahoratli erkin kurashchimiz Ulug‘bek Rashidov -48 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra qit’a chempionligiga erishdi. Shuningdek, Jo‘rabek Rahmonov -45 kg vaznda kumush medal bilan taqdirlandi.

Oltin medal:
-48 kg: Ulug‘bek Rashidov 

Kumush medal:
-45 kg: Jo‘rabek Rahmonov 

Shu tariqa, yosh erkin kurashchilarimiz musobaqani 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan U23 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!