Sport kurashlari. Kunni uchta medal bilan yakunladik

CHERY AUTO

Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Kechki dasturdan o‘rin olgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Tecno

-70 kg vazn toifasining finalida gilamga chiqqan Zafarbek Otaxonov qozog‘istonlik Sanjar Dosanovga 0:2, -79 kg toifasining hal qiluvchi bahsida esa Bekzod Abdurahmonov boshqa bir qozog‘istonlik atlet Bolat Sakaevga 4:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, har ikki polvonimiz mazkur qit’a birinchiligini kumush medal bilan yakunlashdi.

Chempionatda terma jamoamiz hisobiga yozilgan yana bir bronza medaliga Maxsud Veysalov mualliflik qildi. -97 kg vaznda uchinchi o‘rin uchun bahs olib borgan hamyurtimiz hindistonlik Dipak Dipakdan 12:9 hisobida ustidan keldi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!