Sport kurashlari. Iordaniyada o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi

CHERY AUTO

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yunon-rum kurashchilarimizdan Husniddin Abdukarimov (-48 kg) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3 nafar polvonimiz bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek, kun davomida yana 5 nafar hamyurtimiz saralash bahslarini o‘tkazishadi. Batafsil:

Tecno

Final:
-48 kg: Husniddin Abdukarimov – Armin Shamsipur (Eron)

O‘tish bosqichi:
-55 kg: Sardor Xolmurzaev – Denis Seredin (Ukraina)
-65 kg: Fayozbek Eshmirzaev – Zaid Salim (Iordaniya) / Arsenie Kayzin (Moldova)
-110 kg: Saidamir Ne’matov – Xaorui Vang (Xitoy)

Saralash:
-45 kg: Umidjon Karomov – Marian Firanta (Ruminiya)
-51 kg: Hojiakbar Qo‘chqorov – Kichi Oi (Yaponiya)
-60 kg: Farruh Yo‘ldoshev – Maksim Damashin (Moldova)
-71 kg: Behruzbek Valiev – Muhammad Kazimi (Eron)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov – Koki Matsumoto (Yaponiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!