"Spartak" O‘runovning narxini e’lon qildi

  • 25 dekabr, 2020, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runovning “Spartak”dagi faoliyati hamon mavhumligicha qolmoqda. Uni Moskva klubiga taklif etgan Shamil Gazizov tamomila klubdan ketdi. Endi O‘runovning “Spartak”dagi ishlarida ko‘maklasha olmaydi.

Tecno

Shuningdek, o‘zbekistonlik legionerning yoshligi, “Spartak”dek murakkab jamoaga moslashishi uchun vaqt kerakligi, Ostonga ishonch bildirishga tayyorligini ta’kidlagan hozirgi bosh murabbiy Domeniko Tedeskoning ishlari ham yurishmay turibdi.

1607465716371098881 (1)

Premer-ligada etakchilikni ushlab qola bilmagan germaniyalik mutaxassis o‘z vaqtida “etagini yig‘ishtirish” kerakligini tushinib qolgan ko‘rinadi. Avvaliga uning ishi mavsum oxirida samarasini ko‘rsatishini aytgan Tedesko keyinroq, klub rahbariyatining hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklifini rad etdi. Asosiy raqobatchi “Zenit”ga qarshi uchrashuvda qaqshatqich mag‘lubiyat qabul qilib olinganidan keyin “Spartak” rahbariyati Tedeskoning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligiga ishonch hosil qildi.

Hozir “Spartak” mutasaddilari jamoani yangi bosqichga olib chiqadigan tajribali va kuchli mutaxassis izlashga kirishgan bo‘lsa, Domeniko Tedesko o‘z yurtidan yangi ish qidiryapti. Har ikki tomonda turli variantlar vujudga kelayotganini ta’kidlash joiz.

Oston O‘runov masalasiga qaytsak. O‘runov jamoasidaodatdagidek, so‘nggi daqiqalarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib turibdi. Lekin asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi, deb bo‘lmaydi. Har gal besh-olti daqiqa to‘p tepgani bilan o‘yini ochilib ketishi, o‘z mahorati va salohiyatini namoyon etishiga ishonish qiyin. Bir so‘z bilan aytganda, maydonga tushgani bilan terlashga ulgurmay, o‘yin tugab qolyapti.

Bu holat O‘runov faoliyatidagi mavhumlikni  oshiradi. Bu go‘yo Tedesko unga ishonch ham bildirmayotgani va to‘liq umidini uzmaganini ko‘rsatadi. Noaniqlik yomon.

O‘runovga imkon berishga tayyor jamoalar borligi aytilmoqda. Ana shundaylardan biri “Rubin” yozda o‘zi quruq qolgan orzusidagi futbolchini olishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq, qozonliklar bosh direktori Rustem Saymanov rasmiy taklifiga moskvaliklardan rad javobini oldi. Keyinroq, “Spartak” O‘runovni sotishga tayyorligini bildirdi. Narxni eshitgan Saymanov ommaviy axborot vositalarida moskvaliklar Oston uchun so‘ragan summaga yaxshi saviyadagi uchta o‘yinchi sotib olish mumkinligi haqida bong urdi va osiyolik boshqa futbolchini taklif etdi.

vse-znajut-chto-on-na-4-5-le

Shundan so‘ng, o‘zbek futbolchisining transferi uchun so‘ralayotgan mablag‘ miqdori ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Ufa”dan bir yarim million evro atrofidagi summaga olib kelingan O‘runov uchun “Spartak” 6 million evro talab qilgan. Bu narx “Rubin” rahbariyatini qoniqtirmadi. Aslida yozda O‘runovni “Rubin” ham, TsSKA ham 2 million evroga sotib olishga harakat qilgandi.

“Spartak” O‘runov uchun 6 million evro miqdorida narx belgilagan ekan, demak qishda Rossiya premer-ligasi yoki Milliy futbol ligasida uni sotib oladigan klub topilmaydi. Bu sharoitda, Ostonning oldida uchta yo‘l qoladi. Shundan bittasi, ya’ni “Spartak”da asosiy tarkibga kirish uchun oxirigacha kurashish o‘ziga bog‘liq. Qolgan ikkita variant klubga bog‘liq.  Agar “Spartak” Ostondan qutilmoqchi bo‘lsa, xorijdan uni sotib olishga qodir jamoa topilishini kutadi. Buning uchun futbolchini tez-tez o‘ynatib, reklama qilish talab etiladi.

Jamoaga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchi uchun oxirida bitta variant – ijarada to‘p surish imkoniyati qoladi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!