
“Spartak” bosh murabbiyi O‘runovni ustunligi va nimalarga qodirligini aytdi
“Spartak”ning xorijlik bosh murabbiyi Domeniko Tedesko jamoaga yangi qo‘shilgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov va uning o‘yin xarakteristikasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Eng muhimi, biz yosh futbolchi bilan shartnoma tuzdik. Hozir bir birimizni o‘rganish uchun vaqt kerak. U oxirigi uch hafta mehnat qilmadi. Koronavirusdan davolandi. Hozirgi vazifamiz uni ehtiyot qilish va himoyalash. Unga vaqt berishimiz kerak. Yaxshi o‘yinchilar bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. O‘runov ana shunaqa yaxshi futbolchi.
U yosh va juda iqtidorli, bizning sxemamizda 8-raqam vazifasini bajarishi mumkin yoki ikkinchi hujumchi, qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi, hatto markaziy himoyachi o‘rnida ham o‘ynashga qodir. U kuchli futbolchi. Hozircha uni qaysi pozitsiyasida o‘ynatish bo‘yicha bir qarorga kelmadim, lekin yaxshi futbolchiga doimo joy topiladi, - dedi Tedesko.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Spartak” O‘runov uchun 1,5 million evro to‘lagan va futbolchimiz bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Oston “Spartak”da 20 raqamda o‘ynaydi.
Fikrlar