Spaletti "Milan"ni boshqarishga rozilik berdi

  • 7 oktabr, 2019, 19:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" va "Zenit"ning sobiq bosh murabbiyi Luchano Spaletti "Milan"da ish boshlashi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, 60 yoshli mutaxassis "rossonerilar"ni boshqarishga rozilik bergan va 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Ta’kidlanishicha, "Milan" rahbariyati "Inter" bilan Spallettining 2021 yilgacha amal qiladigan avvalgi shartnomasini bekor qilish shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" A Seriyaning 7-turidan so‘ng, 9 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Avval xabar berganimizdek, milanliklarning nomzodlari orasida Stefano Pioli, Klaudio Raneri va Rudi Garsiya bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!