
Sosa: "Messini Maradonaning ruhi qo‘llamoqda"
Xorvatiyalik himoyachi Borna Sosa Argentina hujumchisi Messi haqida fikr bildirdi.
"Messi qariyb yigirma yildan beri eng yuqori saviyada o‘ynamoqda, yaqinda u Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va bu uning uchun eng muhim sovrinlardan biri bo‘ldi.
Nazarimda, uni Maradonaning ruhi qo‘llamoqda. Ular jahon chempionatini yutishga qodir", — deydi Sosa.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya yarim finalda aynan Argentinaga mag‘lub bo‘ldi, uchrashuvda kiritilgan birinchi gol Sosaning xatosi sabab sodir bo‘lgan va undan Xulian Alvares mohirlik bilan foydalanib ketgan.
Fikrlar