"So‘nggi 9 oy davomida menga birorta jang o‘tkazish taklifi tushmadi". UFC yulduzi promoushenni tark etmoqchimi?

  • 17 iyul, 2022, 23:31
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC jangchisi Neyt Dias so‘nggi 9 oy ichida unga birorta jang taklif qilinmaganini aytdi. Qolaversa, u promoushenni tark etish haqida ham o‘ylagan.

Tecno

"Umuman olganda, so‘nggi 9 oy davomida menga birorta jang o‘tkazish taklifi tushmadi. Men 5 ta raqib bilan jang berishlarini so‘radim. Yaxshi so‘zlar uchun rahmat, lekin men bundanda uzoqroqqa borishni istardim", - deya yozib qoldirgan Dias. 

Ma’lumot uchun, Neyt 2021 yilning iyun oyidan buyon jang o‘tkazmadi. O‘shanda u hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Leon Edvardsga yutqazib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!