Sog‘lomlar Olimpiadasida chempion bo‘lgan nogiron sportchi - afsonaviy Jorj Eyser haqida eshitganmisiz?

  • 19 aprel, 2020, 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Jorj Eyser 1871 yil Germaniyada tug‘ilgan. Bolaligidan gimnastika bilan shug‘ullangan. Keyinchalik uning oilasi AQShga ko‘chib ketgach, u mashg‘ulotlarini okean ortida davom ettiradi.

Tecno

Afsuski oradan ma’lum vaqt o‘tgach u baxtsiz hodisaga uchraydi. Aniqrog‘i, poezd tagida qolib ketadi va chap oyog‘idan ajraydi. Biroq, Jorj shunga qaramay yog‘och protez yordamida o‘zi yashaydigan Sent-Luis shahrida bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettiradi.

E’tiborlisi, bir oyog‘i yog‘och protez bo‘lgan Jorj Eyser ushbu Olimpiadada brusda mashq bajarish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!