
"Sog‘lom raqobat yo‘qolgan Bundesliga" — Oliver Kan tengsizlikni tanqid qildi
Oliver Kan Germaniya Bundesligasidagi mavjud vaziyatdan noroziligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, chempionlik uchun kurashdagi noxolislik va moliyaviy nomutanosiblik musobaqani tobora zerikarliroq bo‘lmoqda:
"Bundesliga tashqi ko‘rinishiga qaraganda yomon emas, ammo xalqaro miqyosda biz etakchi ikki mamlakatdan to‘rt g‘oliblik va barqarorlik jihatidan ortda qolyapmiz.
Lekin eng tashvishli jihat — chempionlik uchun kurash. 13 yildan 12 yilda bir jamoa — "Bavariya" chempion bo‘lsa, bu uzoq muddatda sog‘lom raqobat deb bo‘lmaydi.
Mening o‘yinchilik faoliyatim davrida liga ochiqroq edi, chempionlik uchun kurashda ko‘proq jamoalar qatnashardi. Hozir esa Bundesliga 34 turdan iborat bo‘lsa-da, undagi raqobat haqiqiy adolatli kurashga o‘xshamaydi. Axir 30 yoki 40 million evro byudjetiga ega jamoa 300 million evro sarflaydigan klub bilan qanday tenglashsin?
"Bavariya" zaxirasinigina oladigan bo‘lsak, ulardagi besh nafar o‘yinchi, ehtimol, turnir jadvalining pastki qismidagi bir jamoa tarkibidan qimmatroq tursa kerak.
Bu tafovut yanada ortib bormoqda — ayniqsa sun’iy kengaytirilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi musobaqalar orqali, bu erda top-klublar yanada ko‘proq daromad olishyapti.
Sistema o‘z-o‘zini mustahkamlab bormoqda, natijada esa chempionlik uchun kurash oldindan ma’lum va zerikarli bo‘lib qolyapti" — dedi "Bavariya"ning sobiq darvozaboni Oliver Kan "Kicker" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar