“So‘g‘diyona”da tanlov imkoniyati yuzaga kelishi mumkin. “Navbahor”da esa aksi

  • 9 sentabr, 2022, 13:22
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

8 sentyabr kuni O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi. Bevosita jonli efirda namoyish etilgan jarayonda “Navbahor” Namanganda “So‘g‘diyona”ni, “Nasaf” Qarshida AGMKni qabul qiladigan bo‘ldi. Bellashuvlar 13-14 oktyabr kunlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Tecno

Endi bevosita yarim finalchilarga to‘xtalsak. “Navbahor” chorak finalda “Paxtakor” bilan ham chempionat, ham kubokda o‘ynagani kabi “So‘g‘diyona” bilan ham shunday vaziyatda to‘qnash keladi. “Lochinlar”ning “sherlar”ga qarshi uchrashuvlari orasidagi farq 5 kun edi. “Navbahor”ning “So‘g‘diyona” bilan 2 bellashuvi orasida 1 oydan oshiqroq muddat bor. Bu esa ikki jamoaga ham mazkur bahslarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat. Ikki jamoa o‘zi qatnashayotgan musobaqalarda favoritlardan sanaladi.

OFK kubogidagi oxirgi o‘yindan so‘ng Ulug‘bek Baqoev jizzaxliklar 3 frontda kurash olib borayotgani, bu qiyin kechayotganini aytib o‘tdi. 

- "So‘g‘diyona" o‘zi chempionlik uchun kurash olib borayotgan uch frontda g‘alaba uchun o‘ynaydi. To‘g‘ri, jismoniy tomondan muammolar bor. Ammo biz birinchi bor bu kabi nufuzli turnirda ishtirok etyapmiz. Har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz va aytganimdek, oxirigacha kurashamiz.

OFK Kubogi yarim finali aksariyat shogirdlarimiz uchun hozirgacha bo‘lgan eng katta g‘alaba hisoblanadi. Bu darajaga sabrimiz va mehnatsevarligimiz orqali erishdik, - dedi Baqoev.

IMG_2336

Murabbiyning gapida jon bor. Jamoa yaxshi ketmoqda. Shu bilan birga kamchiliklar ham etarli. Eng katta muammolardan biri zaxira. Zaxira o‘rindig‘ining torligi jamoaga muhim pallada pand berib qo‘yishi mumkin. “So‘g‘diyona” O‘zbekiston va OFK Kubogida kam o‘yinlar o‘tkazadi (Boz ustiga OFK Kubogida mo‘maygina pul ishlab olish mumkin). Superliga esa ko‘plab o‘yinlar kutmoqda. “Bo‘rilar” turnir jadvalida etakchilardan va bitta kam o‘yin o‘tkazgan. Biroq bu jamoaning foydasiga ishlamasligi mumkin. Nega? Chunki tarkibdagi etakchilarning aksariyati “otaxonlar”. Ya’ni jamoa g‘alabalarida katta hissa qo‘shayotgan futbolchilar 35 yoshdan katta. Vitaliy Denisov 35, Shavkat Salomov 36, Jasur Hasanov 39 yoshda. Shunisi aniqki, ular shu yoshda ham yoshlardan ko‘proq ishni bajarmoqda va jamoa g‘alabalarida salmoqli o‘rin tutyapti. Biroq mavsum oxirigacha “So‘g‘diyona”ning kuchi etarmikin? Shu ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Bir narsani taxmin qilish mumkin: “So‘g‘diyona” “Navbahor”ga qarshi Superligadagi o‘yindan ko‘ra Kubokdagi bellashuvda xavfli raqib bo‘ladi.

“Navbahor”da vaziyat boshqacha. Jamoaning ishlari yomonmas. Har qanday raqibini o‘z o‘yin uslubiga moslashtirib, 1:0 yoki 2:1 hisobida yutadi. Namanganliklarda ikkita tarkib borligi ularning eng katta yutug‘i. Ammo Samvel Babayan rotatsiyaga qo‘l urmayapti. Deyarli bitta tarkibni maydonga tushirmoqda. Bu foyda beryapti. Ammo jizzaxliklardagi kabi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan muammo ko‘tarilishi mumkin. U ham bo‘lsa charchoq. “So‘g‘diyona” zaxirada boshqa katta nomlarning yo‘qligidan, “Navbahor” esa zaxirasi bo‘la turib, imkon bermaslikdan mavsumning muhim pallasida pand eyishi mumkin.

photo_2022-08-25_17-21-15 (2)

Umuman olganda, Samvel Babayanning tarkibda o‘zgarish qilmasligini bugun ko‘rmayapmiz. Terma jamoada ishlaganda ham shunday edi…

Jamoalar hozircha, Kubok yarim finali oldidan etakchilar sifatida qaralmoqda. Bu esa o‘yinlar shiddatli o‘tishiga umid beradi. Asosiysi, bellashuvda yaqqol favorit yo‘q. Tarkib va menbon faktoridan kelib chiqsak, “Navbahor” biroz ustun. Lekin hammasi maydonda hal bo‘ladi.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
09/09/2022 14:29
Бекзод ИСАЕВ тўғри қилибсан Насаф тўғрисида фикр билдирмасдан. Нимагадир Насаф тўғрисида доимий равишда нотўғри фикр юритасан. Ичингда қанақадир кўра олмаслик бордек билдираётган мулоҳазаларингда, реал эмас. Яҳёхўжа Улуғхўжаев реал фикрлайди. Раҳмат сенга Яҳёхўжа .
&
Muhiddin
09/09/2022 19:50
Навбахорга омад