
"So‘g‘diyona" o‘z safiga yangi legionerni jalb qildi
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida yozgi yig‘in davomida tarkibda u qadar jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi.
Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev jamoadagi futbolchilarni saqlab qoldi. Faqat transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolganida legioner hujumchi qo‘shib olingani ma’lum bo‘ldi.
Mavsumning birinchi qismida pro-ligada Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilgan serbiyalik 24 yoshli hujumchi Darko Stanoevich endi “So‘g‘diyona” tarkibida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, yana bir necha daqiqalardan keyin Superliganing 13-turida "So‘g‘diyona" o‘z maydonida AGMK bilan bellashadi.
Fikrlar