"So‘g‘diyona" "Neftchi"da o‘ynagan legioner bilan shartnoma imzoladi

  • 23 dekabr, 2024, 20:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan himoyachi tojikistonlik Zoir Jo‘raboev "So‘g‘diyona" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jo‘raboev 1998-yilda Tojikiston davlatida tavallud topgan. 

O‘tgan mavsumda u "Neftchi" safida O‘zbekiston Superligasida 20 ta bahsda maydonga tushib,1980 daqiqa harakat qilgan. 

Shuningdek, Jo‘raboev Tojikiston milliy terma jamoasi safida 47 bahsda maydonga tushgan. Terma jamoada o‘zining debyut o‘yinini 17 yoshida amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Giyasov Jaloliddin
23/12/2024 20:19
3kun bo’ldiyu eshitganimizga