"So‘g‘diyona" mehmonda "Qizilqum" bilan ochkolarni bo‘lib olishdi

  • 19 mart, 2021, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionati 3-turida "Qizilqum" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va jamoalar jangovar durangga (1:1) imzo chekdi.

Tecno

O‘yin keskin hujumlar bilan boshlandi, biroq birinchi taymda darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. 53-daqiqada Iskandar Shoyqulov yaqin masofadan raqib darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi. 72-daqiqada Salim Mustafoev himoyachilar xatosidan so‘ng, raqib darvozabonini aniq zarba bilan dog‘da qoldirdi. Uchrashuvning qolgan qismida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!