
"So‘g‘diyona" bugundan mashg‘ulotlarga kirishadi. Jamoa yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirgan
Xabaringiz bor, "So‘g‘diyona" dekabr oyining so‘ngiga qadar mashg‘ulotlarning birinchi bosqichini tugatib, qisqa ta’tilga chiqishgan edi. Yorqin Nazarov boshchiligidagi "bo‘rilar" bugun 4 yanvardan boshlab mashg‘ulotlarni Toshkentda davom ettiradi.
Toshkentdagi mashg‘ulotlar davomida bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.
Manba: "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar