“So‘g‘diyona” bugun Kaxi Maxaradze va yana 10 ta futbolchining taqdimot marosimini o‘tkazdi

  • 7 mart, 2019, 13:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Barcha jamoalar singari mavsum oldidan “So‘g‘diyona” yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi. Bugun soat 10:00da “So‘g‘diyona” markaziy stadionida yangi futbolchilarining tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, jizzaxliklar 11 nafar futbolchini ommaga tanishtirishdi. Ular Kaxi Maxaradze, Javohir Sohibov, Daniel Nasriddinov, Durbek Kamolov, Diyan Talkatov, Davron Umirov, Muhammadali Yuldashev, Dostonbek Toshmatov, Murod Rajabov, Jamshid Boltaboev va Iskandar Shayqulov.

photo_2019-03-07_13-16-56

Marosimda Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbarlari, klub xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!