"So‘g‘diyona" - "Paxtakor": O‘zaro o‘yinlar tarixi yoxud prevyu

  • 4 avgust, 2022, 17:04
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-tur qoldirilgan o‘yinida "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Ayni paytda Superligada yuqori pog‘onalarda borayotgan jamoalar - "So‘g‘diyona" va "Paxtakor"ning o‘zaro to‘qnashuvi eng ahamiyatli bellashuvlardan birini taqdim etadi. G‘alaba qozongan klub turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib olish imkoniyatiga ega. Shu sababli mazkur bahsning keskin kechishini kutish mumkin. Jamoalar safida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.

Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 52 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 41 bellashuvda "sherlar" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 5ta o‘yinda durang qayd etilgan va 6 bahsda raqibning g‘alabasi qayd etilgan. 125 gol urgan poytaxt klubi o‘z darvozasidan 40 to‘p o‘tkazib yuborishgan. "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Jizzaxdagi o‘yinlarning 18tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Besh marta mezbonlarning qo‘li baland kelgan va uch bor durang natija qayd etilgan.

"So‘g‘diyona" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 avgust, shanba kuni soat 19:00da "So‘g‘diyona" stadionida boshlanadi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
05/08/2022 00:04
Пахтакор майдон танламайди Олга пахтакор
&
Bakhadirov
04/08/2022 17:52
So'g'diyonadan g'alaba kutib qolamiz