
Soboslai Evro tarixiga kirdi
"Evro-2024"ning "A" guruhidan o‘rin olgan Vengriya - Shveytsariya uchrashuvida Dominik Soboslai jamoasini kapitani sifatida maydonga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Liverpul" yarim himoyachisi turnir tarixidagi eng yosh sardorga aylandi. U endigina 23 yoshga to‘lgan. Ushbu chempionatdagi eng qari kapitan bu Krishtianu Ronaldu hisoblanadi (39 yosh).
Eslatib o‘tamiz, Vengriyani ikkinchi turda Germaniyaga qarshi o‘yin kutib turibdi.
Fikrlar