Sobiq "Arsenal" himoyachisi "Vest Xem"ga o‘tdi
"Vest Xem" Deklan Rays va Janluka Skamakkani sotganidan keyin ko‘plab transferlarni amalga oshirmoqda. Klub avvalroq Edson Alvares, Jeyms Uord-Prouzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. "Bolg‘achilar" yana bir futbolchini sotib olganini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Konstantinos Mavropansni "Shtutgart"dan 25 million evro evaziga sotib oldi. Himoyachi londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.
Mavropansga APL notanish emas. U 2018-2020 yillar oralig‘ida "Arsenal" safida to‘p tepgan.



Fikrlar